Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov qancha pul ishlab topadi?

A A A
O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov qancha pul ishlab topadi?

O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi, dunyo reytingida 7-o‘rinni egallab turgan 20 yoshli Nodirbek Abdusattorov 18–28 iyun kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan UzChess Cup 2025 II xalqaro turniri paytida bloger “IsomTV”ga qisqa intervyu berdi.

Ushbu suhbatda Abdusattorov qancha pul ishlab topishi va O‘zbekistonning eng kuchli shaxmatchisi kim ekanligi haqida to‘xtaldi:

— 13 yoshingizda grossmeyster bo‘lgansiz. Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan, Olimpiadada ham chempionlikka erishgan Nodirbek Abdusattorov qancha pul topadi?

— Bu ma’lumot ochiq manbalarda ham bor. Misol tariqasida aytadigan bo‘lsam, ikki yildan beri dunyoning eng ko‘p pul ishlab topayotgan 10 nafar shaxmatchisi ro‘yxatiga kiritilayapman. Taxminan 200 ming AQSh dollari.

— Bu qanaqa pul? Gonarar, sovrin, yoki chempion bo‘lganingiz uchun berilgan mukofotmi?

— Hammasi shuni ichida.

— Bundan tashqari, reklama va boshqa daromadlaringiz ham bor, to‘g‘rimi?

— Ular bilan men emas, mening jamoam shug‘ullanadi, shuning uchun men aniq ma’lumotga ega emasman.

— O‘zbekistondagi o‘zingizdan tashqari eng yaxshi o‘yinchi kim?

— Albatta, Javohir Sindorov.

— Dunyodagi eng kuchli shaxmatchi kim?

— Magnus Karlsen.

— O‘zingizni ham hisobga olganda, baribir Magnus Karlsenmi yoki o‘zingiz?

— Hozircha Magnus Karlsen.

Eslatib o‘tamiz, Abdusattorov Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston shaxmat federasiyasi hamkorligida tashkil etilgan UzChess Cup musobaqasining Masters guruhida 3-o‘rinni egallab, 10 ming AQSh dollari miqdorida mukofotni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Nodirbek Abdusattorov 2024 yilgi musobaqalarda 132 981 dollar mukofot puliga ega chiqqan.

Kiritildi: 23:59 08.07.2025. O'qildi: 2438 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!