Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rotterdam porti Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda

Rotterdam porti Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda

Evropaning eng yirik dengiz porti, Niderlandiyaning Rotterdam porti Rossiya bilan urush yuzaga kelgan taqdirda operasiyalarni o‘tkazish rejalari ustida ishlamoqda. Financial Times (FT) port ma’muriyati rahbari Baudeveyn Simons bayonotiga tayanib xabar berishicha, bu Buyuk Britaniya, Kanada va AQShdan harbiy yuklarni yetkazib beruvchi kemalar uchun joy ajratish va fuqarolik yuklarini qayta yo‘naltirish rejalarini ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.

Niderlandiya Mudofaa vazirligi may oyida Rotterdam porti NATO so‘roviga ko‘ra harbiy yuklar bo‘lgan kemalar uchun joy ajratishi kerakligini e’lon qilgan edi.

Rotterdam porti har yili taxminan 436 million tonna yukni qabul qiladi va dunyodagi eng yirik yuk portlari o‘ntaligiga kiradi. Yiliga 28 000 dengiz va 91 000 daryo kemalarini qabul qiladi. Ayni paytda port muntazam ravishda NATO qo‘shinlari uchun yuklarni qabul qiladi.

Kiritildi: 23:00 08.07.2025. O'qildi: 1149 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!