Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida 44 yoshli kishi poyezdi urib ketishi oqibatida joyida halok bo‘ldi. Bu haqda Samarqandning STV telekanali xabar berdi.
Marhumning jasadi 14 fevral kuni soat 22:40 da Pastdarg‘om viloyatidagi Juma temir yo‘l bekati yaqinida topilgan. Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 1977 yilda tug‘ilgan S.S. temir yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotganida o‘z ehtiyotsizligi tufayli Toshkent—Samarqand—Buxoro yo‘nalishida qatnovchi «Sharq» yo‘lovchi poyezdi urib ketishi oqibatida bel, qo‘l va oyoq qismlaridan tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.
Avvalroq Toshkentdagi «Yalang‘och» va «Salar» temir yo‘l stansiyalari oralig‘ida o‘z joniga qasd qilishga uringan qiz o‘zini poyezd ostiga tashlagani haqida xabar berilgan edi