"O‘zenergoinspeksiya" va "Hududgaz Samarqand" GTF hamkorligida Samarqand shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirida yakka tartibdagi tadbirkor T. B. ga qarashli ishlab chiqarish korxonada hujjatlarsiz, o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasiga 3 milliard 672 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.