Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

“Samarqand—Toshkent—Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezd harakati yo‘lga qo‘yildi

Avto A A A
“Samarqand—Toshkent—Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezd harakati yo‘lga qo‘yildi

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2023-yilning 2-iyun kunidan boshlab haftaning har juma, shanba, yakshanba kunlari 14/13-sonli “Samarqand — Toshkent Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

14-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi

Toshkent 9:03 — Samarqand 12:28

13-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi

Samarqand 18:46 — Toshkent 22:25

IZOH: Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. Eslatib o‘tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: chipta.railway.uz

Kiritildi: 19:20 31.05.2023. O'qildi: 1982 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!