"Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida"gi Qonunga ko‘ra, tovarni muayyan geografik ob’ekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikasiyalovchi belgi geografik ko‘rsatkich deb e’tirof etilib, unda tovarning sifati, nom qozonganligi yoki boshqa xususiyatlari uning geografik jihatdan kelib chiqishiga sezilarli darajada bog‘liq bo‘ladi.
Qayd etilishicha, Samarqand viloyat adliya boshqarmasi va "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasining ko‘magi bilan "Samarqand no‘xat sho‘ragi" geografik ko‘rsatkich sifatida Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Sattarov bugun Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevga "Samarqand no‘xat sho‘ragi" geografik ko‘rsatkich hujjatini topshirdi.