Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp Rossiyaga 50 kun muhlat berdi

Tramp Rossiyaga 50 kun muhlat berdi

⏳ AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaga ultimatum qo‘ydi: Moskvada Ukrainadagi urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga kelish uchun 50 kun muhlat bor. Aks holda u Rossiya va u bilan hamkorlik qiluvchi mamlakatlarga nisbatan ikkinchi darajali sanksiyalar va 100% gacha boj to‘lovlar joriy etilishini bildirdi.

💬 Trampning ta’kidlashicha, agar tinchlikka erishilmasa, «Rossiya bilan ish yurituvchi barcha katta narx to‘laydi». Uning so‘zlariga ko‘ra, bu choralar Rossiya iqtisodiyotiga ham, uning ittifoqchilariga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shuningdek, u Ukrainaga Patriot havo himoya tizimlari va boshqa strategik qurollarni o‘z ichiga olgan yirik harbiy yordam paketi tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Bu yordam NATO ko‘magida ko‘rsatiladi, xarajatlarni esa AQShning Yevropa ittifoqchilari qoplaydi.

🇪🇺 NATO bosh kotibi Mark Ryutte Tramp tashabbusini « hal qiluvchi qadam» deb baholadi va Germaniya, Niderlandiya hamda Finlyandiyaning qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi.

🇺🇦 Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Trampning qat’iy pozisiyasi uchun minnatdorlik bildirdi va «mamlakat mustaqilligini himoya qilish imkoniyatini qo‘ldan boy bermaslikka» va’da berdi.

Qiziq tomoni shundaki, Trampning aytishicha, uning fikriga birinchi xonim Melaniya ham ta’sir qilgan: «Melaniya aytdi — u (Putin) yana yolg‘on gapiryapti, ular yaqindagina yangi shaharga zarba berishdi».

Bu ultimatum Vashington va Moskva o‘rtasidagi munosabatlarda burilish nuqtasiga aylanishi mumkin.

Kiritildi: 13:38 15.07.2025. O'qildi: 865 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!