Muhammad Saloh birinchi tur o‘yinlarida APLda birinchi bo‘lib 10ta gol urdi.
"Liverpul" APL 1-turida "Bornmut"ni (4:2) mag‘lub etdi. Uchrashuvning 94-daqiqasida Saloh "Liverpul"ning to‘rtinchi golini urib, o‘yindagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Shu tariqa misrlik futbolchi APL tarixida birinchi tur o‘yinlarida 10 ta gol urgan ilk futbolchiga aylandi.
Bundan tashqari, Saloh "Liverpul"da o‘tkazilgan har bir mavsumning ilk turida golda qatnashadi. U "qizillar" safida APL startidagi 9 o‘yinda 10 gol va 5 golli uzatmaga mualliflik qilgan.