Angliya Premyer-ligasining ilk turida "Liverpul" o‘z uyida "Enfild" stadionida "Bornmut"ni qabul qildi. Mersisaydliklar 4:2 hisobidagi g‘alabani tantana qilishdi.
Final hushtagidan so‘ng muxlislar portugaliyalik Diogu Jota xotirasiga hurmat bajo keltirib, uning nomini hayqira boshlashdi. Bu vaziyatda "qizillar"ning yulduz hujumchisi Muhammad Saloh ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi. Jota avtohalokatga uchrab, vafot etgandi. Bu iyul oyining boshlarida sodir bo‘ldi.
Arne Slot shogirdlari Premyer-ligadagi navbatdagi o‘yinini safarda "Nyukasl"ga qarshi o‘tkazadi. Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" Angliyaning amaldagi chempioni hisoblanadi.