"The Athletic" nashri eksperti Jordan Kempbellning fikricha, yangi mavsumda «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovni boshqa pozisiyada sinab ko‘radi.
«Abduqodir Husanov yangi pozisiyaga o‘tkazilishi kutilmoqda. O‘zbekistonlik futbolchi o‘tgan mavsumda “Lans” va “Manchester Siti” safida markaziy himoyachi sifatida 21 ta o‘yin o‘tkazdi. Biroq, Chempionlar Ligasi doirasida Madridda o‘tgan ("Real"dan mag‘lubiyat — 1:3) va klublar o‘rtasida JChda (“Al-Ayn” ustidan 6:0 hisobida g‘alaba) Xosep Gvardiola Abduqodirni boshqa pozisiyada — o‘ng qanot himoyachisi sifatida ishlatdi.
Boshqa ekspertlarning fikricha, 2025/26 mavsumida u ko‘proq aynan shu pozisiyada maydonga tushadi. U chindan ham o‘ng qanotda yaxshi o‘ynay oladi: u juda tezkor va birga-bir vaziyatlarda ajoyib o‘ynaydi — bu zamonaviy APLda juda muhim sifatlar. Husanov o‘ng qanot himoyachisi pozisiyasida o‘ynay olishini va bu pozisiyadagi muammolarni to‘liq hal qila olishini ko‘rsatdi», — deydi Kempbell.