O‘zbekiston boks federasiyasi raisi birinchi o‘rinbosari Saken Po‘latov Asian Boxing tashkilotining vise-prezidenti lavozimiga saylandi.
Bu haqda O‘zbekiston Boks federasiyasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Bugun Tailandning Bangkok shahrida Asian Boxing tashkilotining navbatdagi kongress yig‘ilishi tashkil etildi. Unda Osiyo qit’asi boksining kelajakdagi rejalari ko‘rib chiqilib, ushbu tashkilot rahbaryatiga nomzodlar saylandi.
Unga ko‘ra Asian Boxing tashkilotining prezidenti etib, amaldagi rahbar tailandlik Pichay Chunxavajira qayta saylandi.
Undan tashqari tashkilotga vise-prezident nomzodi ovozga qo‘yildi. Ushbu lavozimga Qozog‘iston, Yaponiya, Filippin vakillari va O‘zbekiston boks federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov nomzodlar qo‘yilgan edi.
Yakunda Saken Polatov ushbu lavozimga saylandi. Ayollar yo‘nalishida vise-prezidentlik falastinlik Fatima Jbara Ahmed Faqeyatga nasib etdi.