Saida Mirziyoyeva Vena shahrida xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashdi. Ular o‘z mehnati, bilimi va mas’uliyatliligi bilan kun sayin mamlakatimizga bo‘lgan ishonchni yuksaltirib kelmoqda.
"Vatandan uzoqda bo‘lishlariga qaramay, O‘zbekiston bilan mustahkam aloqani saqlab qolayotganliklari ayniqsa tahsinga loyiq. Bu kabi uchrashuvlar har safar o‘zgacha faxr tuyg‘usini uyg‘otadi. Yurtdoshlarimiz yuqori kasbiy mahorati bilan xalqaro maydonda o‘z so‘zi va o‘rniga ega bo‘layotgani hamda global vazifalar yechimida faol ishtirok etayotganini ko‘rish kishini ruhlantiradi, quvontiradi.
Bunday malakali mutaxassislar safining yanada kengayishi juda muhim. Biz xalqaro tajriba orttirishni, professional jihatdan o‘sishni, vatanimiz hamda jahonga naf keltirishni istaydigan yosh o‘zbekistonliklarni doimo qo‘llab-quvvatlaymiz", deb yozadi Saida Mirziyoyeva.