Bugun 26 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Saida Mirziyoyeva “Teach For All” noyob harakati asoschisi bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “Teach For All” noyob harakati asoschisi bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva butun dunyo bo‘ylab nafaqat ta’lim tizimini, balki jamiyat hayotini ham o‘zgartirayotgan “Teach For All” noyob harakati asoschisi Vendi Kopp bilan uchrashdi.

O‘tgan yildan boshlab “Teach For Uzbekistan” loyihasi “Teach For All” oilasiga qo‘shildi. Liderlik qobiliyatiga ega iqtidorli yoshlar esa mazkur harakatning bir qismiga aylanib bormoqda.

"Kopp xonim bilan Markaziy Osiyo mintaqamizni muhokama qildik. Ta’lim va xotin-qizlar huquqlari sohasida erishilgan salmoqli yutuqlarimiz borki, ushbu ijobiy tajriba yurtimizdan tashqarida ham keng yoyilishini istaymiz. “Teach For Uzbekistan” loyihasi — ta’lim yo‘nalishida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning muhim qismi bo‘lib, mamlakatimizning olis hududlaridagi minglab bolalar hayotini yaxshilashga hissa qo‘shishiga ishonaman", — deb yozdi S. Mirziyoyeva rasmiy kanalida

Kiritildi: 17:46 25.06.2025. O'qildi: 473 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!