Olimlar "Gvada-salbiy" yangi qon guruhini aniqladilar, bu sayyorada faqat bitta odamda mavjud.
Bu kashfiyot Karib dengizidagi Gvadelupa orolidan (guruhning nomi shundan kelib chiqqan) ayolga operasiya oldidan standart testlar topshirilganda tasodifan aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, kam uchraydigan genetik mutasiya tufayli uning qonida ilgari fanga noma’lum antitanalar paydo bo‘lgan, shuning uchun u faqat o‘ziga donor bo‘lishi mumkin.