Prezident Administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Parijda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Saida Mirziyoyeva Fransiya davlat rahbariga Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomini yetkazdi.
Muloqotda mudofaa, xavfsizlik, kibertexnologiyalar va sun’iy intellekt, shuningdek, yirik iqtisodiy va gumanitar loyihalar bo‘yicha strategik sheriklikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.