AQSh Quruqlikdagi qo‘shinlari Yevropada harbiy mojaro kelib chiqqan taqdirda yuqori balandlikda uchuvchi aerostatlarni ommaviy ravishda qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
The War Zone portalining xabar berishicha, bu haqda amerikalik general Stiven Karpenter ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aerostatlardan turli harbiy vazifalarni bajarish, jumladan, ma’lumot uzatish va qurollarni ishga tushirish (uchirish) uchun foydalanish mumkin.
Qurolli mojaro yuz bergan taqdirda, Yevropa harbiy harakatlar teatriga yuzlab yoki hatto minglab shunday apparatlarni sotish (etkazib berish) ko‘zda tutilmoqda.
"Biz stratosferani yuqori balandlikdagi aerostatlar bilan, unda ham bir vaqtning o‘zida 200–300 tadan to‘ldirishni istardik", — dedi Karpenter.