Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Saida Mirziyoyeva Avstriya Federal kansleri Kristian Shtoker bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Avstriya Federal kansleri Kristian Shtoker bilan uchrashdi

Prezident Administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Avstriya Federal kansleri Kristian Shtoker bilan uchrashdi.

Bu haqda u o‘zining telegramdagi sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, suhbat chog‘ida tomonlar O‘zbekiston–Avstriya munosabatlarini rivojlantirish, siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashdi.

O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan o‘zaro aloqalari va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning yangi imkoniyatlari alohida muhokama qilindi.

O‘zaro ishonch va hurmat ruhidagi sheriklikni yanada kengaytirishdan har ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.

Kiritildi: 22:30 03.06.2026. O'qildi: 191 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!