Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Saida Mirziyoyeva "ACWA Power" kompaniyasi raisi bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva "ACWA Power" kompaniyasi raisi bilan uchrashdi

Prezident Administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva "ACWA Power" kompaniyasi raisi va "Vision Invest" kompaniyasi direktorlar kengashi a’zosi Muhammad Abunayan bilan uchrashdi.

Uchrashuvda iqtisodiyotni modernizasiya qilish va aholi turmush sifatini yaxshilashga salmoqli hissa qo‘shadigan energetika, sog‘liqni saqlash, raqamli texnologiyalar va boshqa tarmoqlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Keyingi yillarda ishonchli rivojlanish sur’atlarini namoyish etayotgan Qoraqalpog‘istondagi istiqbolli loyihalarga alohida e’tibor qaratildi.

Kiritildi: Bugun 16:15. O'qildi: 275 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!