Bugun 27 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

"Sabax" rahbariyati futbolchilar uchun yirik mukofot puli ajratdi

"Sabax" rahbariyati futbolchilar uchun yirik mukofot puli ajratdi

"Sabax"ning Chempionlar ligasi asosiy bosqichiga chiqishi futbolchilarga nafaqat tarixiy natija, balki katta miqdordagi mukofot pulini ham olib keladi.

Sport24.az ma’lumotiga ko‘ra, klub rahbariyati muvaffaqiyatga hissa qo‘shgan asosiy tarkib futbolchilarining har biriga 60 ming manatdan bonus berishni rejalashtirgan. Bu hozirgi hisobda qariyb 417 mln so‘m yoki 35,3 ming dollarga teng.

Hal qiluvchi uchrashuvda zahira o‘rindig‘ida qolgan futbolchilar uchun esa mukofot miqdori ikki baravar kam bo‘ladi. Ular 30 ming manatdan olishi ko‘zda tutilgan.

Ozarbayjon klubi Chempionlar ligasi yo‘llanmasini dramatik bahsda qo‘lga kiritdi. "Sabax" Isroiloning "Hapoel" (Beer-Sheva) jamoasiga qarshi uchrashuvda qo‘shimcha vaqtda ustunlikka erishib, 5:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Kiritildi: 23:33 26.08.2026. O'qildi: 811 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!