Bugun 27 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Shveysariyada neytralitet bo‘yicha katta siyosiy bahs boshlandi

Shveysariyada neytralitet bo‘yicha katta siyosiy bahs boshlandi

Shveysariyada kelasi oy neytralitet siyosatini yanada qat’iylashtirish bo‘yicha referendum o‘tkaziladi. Agar tashabbus qo‘llab-quvvatlansa, mamlakat tinchlik davrida iqtisodiy sanksiyalar joriy etishi yoki NATO bilan hamkorlik qilishi mumkin bo‘lmaydi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Agentlik qayd etishicha, so‘nggi so‘rovlardan biriga ko‘ra, respondentlarning 62 foizi tashabbusga qarshi, 36 foizi esa uni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Tashabbus tarafdorlaridan biri, siyosatchi Kristof Bloxerning aytishicha, Shveysariyaning neytral maqomi mamlakat 2022 yilda Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etganidan so‘ng xavf ostida qolgan.

Uning fikricha, neytralitetni qat’iyroq huquqiy me’yorlar bilan mustahkamlash Shveysariyaning tashqi siyosatdagi an’anaviy maqomini saqlab qolishga xizmat qiladi.

Kiritildi: 17:05 26.08.2026. O'qildi: 847 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!