AQShning Montana shtati Billings shahridagi turar joyda sodir bo‘lgan otishma va yong‘in oqibatida 8 kishi, jumladan 4 nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda ABC News polisiya ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Telekanal qayd etishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari otishma haqidagi xabardan so‘ng voqea joyiga yetib borgan va o‘q ovozlarini eshitgan. Shu paytda uyni ham alanga qamrab olgan bo‘lgan.
Polisiya ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida 4 nafar katta yoshli kishi va 4 nafar bola bor. Gumonlanuvchi ham vafot etgan.
Polisiya xodimlari uy hovlisida ko‘rgan erkakni qo‘lga olgan va o‘q tegishi oqibatidagi jarohat bilan shifoxonaga yetkazgan. Keyinchalik u shifoxonada vafot etgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar dastlabki taxminga ko‘ra, voqea oilaviy mojaro ortidan boshlangan deb hisoblamoqda.