IIQK ma’lum qilishicha, Hurmuz bo‘g‘ozi Eron shartlari AQSh tomonidan qabul qilinmaguncha ochilmaydi.
«Hurmuz bo‘g‘ozi bizning nazoratimizda.
Agar Amerika to‘siqlarni bartaraf etib, o‘zaro anglashuv memorandumiga qaytsa, kelishilgan shartlar doirasida bo‘g‘oz orqali kemalar harakatini qayta tiklashimiz mumkin.
Bizning shartlarimiz qabul qilinishi kerak. Agar Amerika shartlarimizni qabul qilmasa, Hurmuz bo‘g‘ozi mutlaqo ochilmaydi».
Korpus bayonotida Eron va Ummon o‘rtasida bo‘g‘ozdagi suv hududlari hamda undan olinadigan daromadlarni taqsimlash bo‘yicha kelishuvga erishilgani ham ta’kidlangan. (reuters.com)