Bugun 9 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Ruxsatnomasiz faoliyat olib borgan "zaprvka"ga chora ko‘rildi

Ruxsatnomasiz faoliyat olib borgan "zaprvka"ga chora ko‘rildi

"O‘zenergoinspeksiya" tomonidan Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida joylashgan "B.N.G.O." MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida neft mahsulotlarini tarqatish talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida ushbu shoxobchada neft mahsulotlarini chakana sotish faoliyatini tegishli ruxsatnoma olmasdan faoliyat yuritayotganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining 701-sonli qonuniga ko‘ra, ushbu MCHJga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida jarima qo‘llanildi.

Kiritildi: 15:15 08.10.2026. O'qildi: 701 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!