Boks bo‘yicha jahon chempioni Ruslan Abdullayev professional boksdagi ilk jangini o‘tkazadi.
Hamyurtimiz 6 mart kuni Kaliforniyada o‘tkaziladigan jang oqshomida ringga ko‘tariladi.
O‘sha kuni unga meksikalik Xose Valenzuyela Alvarada raqib bo‘ladi. Meksikalik 36 yoshli bokschi shu kungacha prof boksda 23 ta jang o‘tkazgan va bahslarning 3 tasida g‘alaba qozona olgan. 19 ta jangda mag‘lubiyatga uchragan. 1 ta jangi esa durang bilan yakunlangan.