Bugun 27 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Rus nashri O‘runovga "Zenit" qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Rus nashri O‘runovga "Zenit" qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Peterburgning "Zenit" klubi Moskvaning "Spartak" klubi sobiq yarim himoyachisi Oston O‘runovga qiziqmayapti. Bu haqda "Evro-futbol" nashri xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, "ko‘k-oq-ko‘klar" qishda yangi markaziy yarim himoyachi xarid qilmoqchi, va hozirda ustuvorlik Janubiy Amerika va Rossiya bozorlariga qaratilgan.

Ayni paytda 24 yoshli o‘zbekistonlik xavbek Eronning "Persepolis" klubi sharafini himoya qilmoqda. U o‘tgan yilning fevral oyida jamoaga kelib qo‘shilgan. Tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirida tugaydi. Ostonning bozor narxi ikki million yevroni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘runov 2020-2022 yillarda "Spartak" futbolchisi bo‘lgan.

Kiritildi: 19:02 26.11.2025. O'qildi: 1014 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!