AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z elchisi Stiv Uitkoffning Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov va Kremlning maxsus vakili Kirill Dmitriyev bilan go‘yoki telefon suhbatlari fosh bo‘lgani haqidagi savollarga javob berdi. Bu haqda The Wall Street Journal yozdi.
Trampning ta’kidlashicha, bu kabi vaziyatlar «odatiy hol» hisoblanadi.
«Men bu haqda eshitmaganman. Lekin bu odatiy narsa. U Ukrainaga bitimni sotishi kerak. Ukrainani Rossiyaga sotishi kerak. Muzokarachi shunday qiladi», — dedi Oq uy rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, har bir tomon muzokaralarda nimadir berishi va nimadir olishi talab qilinadi.