Bugun 27 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Ronaldu marhum Jotaning oilasiga qimmatbaho sovg‘a yubordi (foto)

Ronaldu marhum Jotaning oilasiga qimmatbaho sovg‘a yubordi (foto)

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu yozda bo‘lib o‘tgan Millatlar ligasidagi g‘alaba sharafiga terma jamoadagi sheriklariga sovg‘alar berishga qaror qildi. Sic Noticias xabariga ko‘ra, Ronaldu Jacob & Co brendi bilan hamkorlik qilmoqda - futbolchi Portugaliya terma jamoasining har bir futbolchisi uchun shaxsiy soat ishlab chiqarishni so‘ragan.

JCH-2026 saralashidan o‘rin olgan Armanistonga qarshi o‘yin oldidan Ronaldu sheriklariga soat jo‘natdi. Krishtianu bir nusxasini halok bo‘lgan Diogu Jotaning oilasiga yubordi. Futbolchi iyul oyi boshida YTH qurboni bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, Millatlar ligasi finalida Portugaliya terma jamoasi Ispaniya bilan 2:2 hisobidagi durangdan so‘ng penaltilar seriyasida g‘alaba qozongandi.

Ronaldu marhum Jotaning oilasiga qimmatbaho sovg‘a yubordi (foto)

Kiritildi: 21:32 26.11.2025. O'qildi: 873 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!