Portugaliya terma jamoasi va "An-Nasr"ning 40 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronalduning biologik yoshi 28'ga teng. Bu haqda Whoop kompaniyasining X ijtimoiy tarmog‘idagi akkaunti xabar bermoqda.
"Ma’lumotlar yolg‘on emas," - deb yozdi portugaliyalik o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida.
Joriy mavsumda Krishtianu Ronaldu klub va terma jamoa safida barcha musobaqalarda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Portugaliyalik 2023 yildan beri "An-Nasr" sharafini himoya qilmoqda.