25 noyabr kuni kechqurun Namanganda navbatdagi og‘ir YTH yuz berdi. YHXB xodimi Doniyor Nurullayev piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan paytda uni Onix avtomashinasi urib ketgan.
Ta’kidlanishicha, mashinani haydovchilik guvohnomasisiz yurgan yigit boshqargan. Oqibatda xodim og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.