Tramp Rossiyaning o‘t ochishni to‘xtatishi Moskvaning yon berishi hisoblanishini aytdi.
"Rossiya janglarni to‘xtatadi va Ukrainaning yangi hududlarini egallamaydi", — dedi AQSh prezidenti Air Force One samolyotida jurnalistlar bilan muloqotda.
Donald Trampning boshqa bayonotlari:
◾️ Zelenskiyning Qo‘shma Shtatlarga tashrifi oldidan Vashington va Kiyev kelishuvga erishishi kerak;
◾️ Ukraina ba’zi hududlaridan voz kechishi zarur, aks holda baribir ularni tez orada yo‘qotadi;
◾️ Rossiya va Ukraina o‘zaro hududlar almashinuvi masalasini muhokama qilmoqda;
◾️ Yevropa Ukraina xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kafolatlar berishda ishtirok etadi;
◾️ Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishish uchun qat’iy muddat belgilanmagan;
◾️ Ukrainadagi nizoni tartibga solish bo‘yicha muzokaralarda oldinga siljish bor, tinchlik rejasining ko‘plab bandlari allaqachon kelishilgan;
◾️ Maxsus vakilim Stiv Uitkoff kelasi hafta Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi;
◾️ Stiv Uitkoff Moskvaga, ehtimol, Jared Kushner bilan birga boradi. Jared boradimi-yo‘qmi aniq emas, lekin u tinchlikka erishish jarayonida ishtirok etyapti.