O‘zbekistonning yosh va iste’dodli shaxmat ustasi Javohir Sindarov Hindistonning Goa shahrida o‘tgan Jahon kubogi finalida xitoylik Vey Ini mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.
G‘olib sifatida u 120 ming dollar mukofot puliga ham ega bo‘ldi.
25 noyabrdagi asosiy partiyalar durang bilan yakunlangan edi (0,5–0,5; 0,5–0,5). Chempion 26 noyabr kuni o‘tgan tay-breykda aniqlandi. Birinchi o‘yinda tenglik, ikkinchisida esa Javohirning mahoratli o‘yini hal qiluvchi bo‘ldi.
Shu bilan Sindarov Jahon kubogida g‘olib chiqqan ikkinchi o‘zbekistonlik shaxmatchiga aylandi.