Gonkongda sodir bo‘lgan so‘nggi 17 yildagi eng yirik yong‘in oqibatida 36 kishi halok bo‘ldi
Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Bundan tashqari, 279 kishi bedarak yo‘qolganlar sifatida qayd etilgan, o‘nlab jabrlanganlar esa shifoxonalarga yetkazilgan.
Polisiyaga yong‘in qamrab olgan binolarda odamlar qolib ketgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Gongkongning Tay Po tumanidagi “Van Fuk Kort” turar-joy majmuasining bir nechta ko‘p qavatli binosida yong‘in yuzaga keldi. Ta’mirlash vaqtida majmuadagi binolarni o‘rab turgan bambukdan qurilgan qurilish to‘sinlari va maxsus to‘r yonib ketgan.