Bugun 5 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Ruminiyada soxta Dubay valiahd shahzodasi bilan bog‘liq firibgarlik ishi tergov qilinmoqda

Ruminiyada soxta Dubay valiahd shahzodasi bilan bog‘liq firibgarlik ishi tergov qilinmoqda

Ruminiyaning Uyushgan Jinoyatchilik va Terrorizmni Tergov Qilish Boshqarmasi (DIICOT) Dubay valiahd shahzodasi sifatida tanishtirgan nigeriyalik erkak tomonidan ruminiyalik ishbilarmon ayolga nisbatan sodir etilgan 2,5 million dollarlik firibgarlik bo‘yicha jinoiy tergov boshladi. Bu haqda Agerpres axborot agentligi xabar bermoqda.

Agentlik bayonotida jinoiy guruh tuzish va o‘ta og‘ir oqibatlarga olib keladigan firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilayotgani aytilgan.

Tergovchilarning so‘zlariga ko‘ra, firibgar ayolni gumanitar fondga sarmoya kiritishga ko‘ndirgan. Dubay shahzodasi bilan hamkorlik qilayotganiga ishonch hosil qilib, u 2,5 million dollardan ortiq mablag‘ni soxta hisob raqamiga o‘tkazgan. Buning uchun ishbilarmon ayol bank kreditlari, kompaniya mablag‘laridan foydalangan va hatto uyini garovga qo‘ygan.

Bu erkak aslida Genri Eke ismli nigeriyalik firibgar. U qurbonlarini aldash uchun soxta shaxslar, uydirma banklar va moliyaviy maslahatchilar, shuningdek, romantik va’dalar va turmush qurish takliflarini o‘z ichiga olgan murakkab sxemadan foydalangan.

Kiritildi: Bugun 12:00. O'qildi: 325 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!