Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ronaldu va «An-Nasr» o‘rtasidagi ziddiyat barham topdi

Ronaldu va «An-Nasr» o‘rtasidagi ziddiyat barham topdi

Krishtianu Ronalduning «An-Nasr» klubi bilan bo‘lgan ziddiyati yakunlandi. Tomonlar mavjud kelishmovchiliklar borasida murosaga kelishdi va portugaliyalik yulduzning jamoada qolishi ehtimoli juda yuqori baholanmoqda.

Insayder Ben Jeykobsning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Saudiya Arabistoni Davlat investisiya jamg‘armasi yangi mavsumda transferlar uchun «An-Nasr»ga ko‘proq mablag‘ ajratadigan bo‘ldi. Aynan shu shart Ronalduning asosiy talabi edi va endilikda u jamoada qolishga tayyor.

Avvalroq, Krishtianu klub boshqaruvi va byudjetning kamligidan norozi bo‘lib, «An-Nasr» o‘yinlariga boykot e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 15:20 04.02.2026. O'qildi: 4527 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik