Bugun 4 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rossiyaning harbiy xarajatlari byudjetdan sezilarli darajada yuqori

Rossiyaning harbiy xarajatlari byudjetdan sezilarli darajada yuqori

Germaniya federal razvedka xizmati (BND) tahliliga ko‘ra, so‘nggi yillarda Rossiyaning harbiy xarajatlari rasmiy mudofaa byudjetida ko‘rsatilganidan 66 foizga yuqori bo‘lgan.

BND'ning ta’kidlashicha, Rossiya harbiy xarajatlarni hisoblash usuli NATO'dan farq qiladi. Shu bois, rasmiy byudjet raqamlari haqiqiy xarajatlarni to‘liq aks ettirmaydi.

Masalan, Rossiya Mudofaa vazirligi qurilish loyihalari, armiyaning IT-loyihalari va Ukrainadagi urush qatnashchilarining oilalariga beriladigan nafaqalar mudofaa byudjetida emas, davlat byudjetining boshqa bo‘limlarida hisobga olingan.

Shuningdek, BND Rossiya rasmiy idoralari e’lon qiladigan harbiy xarajatlar haqidagi ma’lumotlar ko‘pincha to‘liq bo‘lmagani yoki o‘zgartirib ko‘rsatilishi sababli aniq xulosaga kelish qo‘shimcha tahlil talab qilishini bildirdi.

Berlindagi Ilm-fan va siyosat jamg‘armasi (SWP) ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yil yanvar-sentabr oylarida Rossiya federal byudjeti bo‘yicha harbiy xarajatlar rekord darajaga yetib, 11,854 trillion rublni (154 milliard dollar) tashkil qilgan. 2023 yil bilan solishtirganda Rossiyaning harbiy byudjeti 95 foizga, 2021 yil darajasi bilan solishtirganda esa 295 foizga oshgan.

Kiritildi: Bugun 15:26. O'qildi: 389 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!