Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Rublni qanday kelajak kutyapti?

Rublni qanday kelajak kutyapti?

Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi rubl kursining mustahkamlanishini, bu jarayon 2024 yil iyun oyida eng yuqori cho‘qqigacha ko‘tarilishini prognoz qildi.

Hukumat tomonidan tasdiqlangan 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan vazirlik prognoziga ko‘ra, kelasi yilning iyun oyigacha bir dollar 87,5 rublga baholanadi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.

Iqtisodiy rivojlanish vazirligining prognozlariga ko‘ra, 2023 yil dekabr oyida valyuta kursi bir dollar uchun 94,3 rubl va bir yevro uchun 105 rublni tashkil qiladi.

2024 yilning iyuniga kelib, 1 dollar 87,5 rubl, yevro 97,5 rubl miqdorigacha mustahkamlanadi. «2023 yil oxiriga kelib, tashqi savdo balansi va rubl kursiga bosim asta-sekin zaiflashadi. Iyun oyidan boshlab jahon tovar bozorlarida teskari holat kuzatildi - neft va boshqa bir qator yeksport tovarlari narxlarining oshishi. O‘z navbatida joriy hisobvaraq orqali chet el valyutasi oqimining ko‘payishi uning valyuta tuzilmasini diversifikasiya qilish bilan bir qatorda 2023-yil oxiri – 2024 yilning birinchi yarmida rubl kursining mustahkamlanishiga xizmat qiladi» deyiadi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil yozida rus valyutasi keskin pasayib ketdi. Bu o‘z navbatida O‘zbekiston iqtisodiga ham ta’sir qildi.

Kiritildi: 21:24 26.09.2023. O'qildi: 14926 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!