Bugun 23 may, 2026 yil, shanba

КИР

Rubio: Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralar to‘xtatildi

Rubio: Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralar to‘xtatildi

Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralar hozircha to‘xtatilgan. Bu haqda AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Shvesiyaning Xelsingborg shahrida bo‘lib o‘tgan NATO tashqi ishlar vazirlari yig‘inida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda bunday muzokaralar olib borilmayapti, ammo Vashington jarayon qayta tiklanishiga umid qilmoqda. Rubio AQSh natija bermaydigan va cheksiz davom etadigan uchrashuvlardan manfaatdor emasligini ta’kidlab, faqat konstruktiv va samarali muzokaralarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Shu bilan birga, u Amerika tomoni muzokaralar jarayonida ishtirok etishda davom etishga tayyor ekanini aytdi.

Ma’lumot uchun, yil boshidan buyon Rossiya va Ukraina delegasiyalari AQSh ishtirokida uch bosqichli muzokaralar o‘tkazgan. Eng so‘nggi uchrashuv 17–18 fevral kunlari Jeneva shahrida bo‘lib o‘tgan.

Kiritildi: 23:03 22.05.2026. O'qildi: 258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!