chQo‘shma Shtatlar Kiyevdagi elchixonasi orqali Ukrainadagi fuqarolariga Rossiya havo hujumlarining kuchayishi munosabati bilan ehtiyot bo‘lishni tavsiya qildi.
Tegishli bayonot Amerika elchixonasi saytida e’lon qilingan.
"Rossiya so‘nggi haftalarda Ukrainaga raketa va dron hujumlari intensivligini oshirdi va havo hujumlarining sezilarli xavfi saqlanib qolmoqda. AQShning Kiyevdagi elchixonasi mamlakat fuqarolarini ehtiyot bo‘lishga chaqiradi", — deyiladi bayonotda.
Xususan, Amerika fuqarolariga derazalar yaqin turmaslik tavsiya etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Amerika yetakchisi Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida Ukrainaning mamlakat aerodromlariga uyushtirgan hujumlariga javob qaytarishini aytgandi.