Bryusselda bo‘lib o‘tgan NATO tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi doirasida o‘tkazilgan brifingda alyansning yuqori martabali amaldorlaridan biri Rossiyaning Ukrainadagi yo‘qotishlari haqida ma’lumot berdi.
Uning aytishicha, Rossiya armiyasida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning umumiy soni 900 ming kishidan oshgan. Shuningdek, ko‘plab harbiylar sifatsiz tibbiy yordam tufayli umrbod nogiron bo‘lib qolmoqda.
NATO ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya har kuni 1000 dan ortiq harbiyni yo‘qotmoqda. Biroq armiyaga yangi yollanuvchilarni jalb etish sur’ati yo‘qotishlarni qoplashga imkon berib turipti.
"Rossiya armiyasining Ukrainadagi ilgarilashi sekinlashgan, yo‘qotishlari esa ortib bormoqda. Lekin rasmiy Moskva kichik muvaffaqiyatlar evaziga katta yo‘qotishlarga ham ko‘nikishga tayyor", — deya fikr bildirdi NATO vakili.