Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiyaning Kiyevga qarshi keng ko‘lamli dron va raketa hujumi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, 19 kishi jarohatlandi

Rossiyaning Kiyevga qarshi keng ko‘lamli dron va raketa hujumi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, 19 kishi jarohatlandi

Bu haqda shahar meri Vitaliy Klichko xabar berdi.

Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati ma’lumotiga ko‘ra, poytaxtning Shevchenko tumanida ko‘p qavatli turar-joy binosining butun bir kirish qismi butunlay vayron bo‘lgan. Hozirda vayronalar ostini tozalash ishlari davom etmoqda. Bundan tashqari, Kiyev shahrining boshqa tumanlarida ham vayronagarchiliklar aniqlangan.

Shuningdek, Rossiya zarbalari oqibatida Kiyev viloyatidagi turar-joy va tibbiyot infratuzilmasi ham zarar ko‘rgan.

Ichki ishlar vaziri Igor Klimenkoning ma’lum qilishicha, Kiyev viloyatida bir kishi halok bo‘lgan va sakkiz kishi jarohat olgan.

Kiritildi: 12:40 23.06.2025. O'qildi: 538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!