Ukrainaning Kramatorsk shahrida Rossiya kuchlari tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida kamida uch kishi halok bo‘ldi va yana bir kishi yaralandi.
Bu haqda Donesk viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Vadim Filashkin o‘zining Telegram-kanalida e’lon qildi.
"Kramatorskda o‘qqa tutilishi natijasida kamida uch kishi halok bo‘ldi va yana bir kishi yaralandi. Bugun kechqurun shaharga ikki marta zarba berildi. Rossiya kuchlari yana turar-joy binosiga zarba berdi. Barcha tegishli xizmatlar voqea joyida, qidiruv-qutqaruv operasiyasi davom etmoqda. Qurbonlarning aniq soni va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda", deb yozdi u.