Bugun 13 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiyaning hujum tezligi so‘nggi to‘rt oy ichida doimiy ravishda pasayib bordi

Rossiyaning hujum tezligi so‘nggi to‘rt oy ichida doimiy ravishda pasayib bordi

Amerika urushni o‘rganish institutining (ISW) so‘nggi tahliliy hisobotida Rossiya hujumi sur’ati o‘tgan yilning noyabr oyidan beri muntazam pasayib borayotganini ta’kidlaydi. Mart oyida ruslar noyabr oyiga nisbatan uch baravar kam hududni egalladi.

ISW’ning geolokasiya tasvirlari asosidagi hisob-kitoblariga ko‘ra, 2024 yil noyabr oyida Rossiya qo‘shinlari Ukrainada taxminan 627 kv.km, dekabrda 569 kv.km, yanvarda 427 kv.km, fevralda 354 kv.km, martda esa 203 kv.km maydonni bosib olgan.

Amerika urushni o‘rganish instituti o‘z ma’lumotlarini Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining 5 aprelda e’lon qilingan, sezilarli darajada farq qiluvchi ma’lumotlari bilan taqqoslash uchun keltirgan. Vazirlik hisob-kitoblariga ko‘ra, mart oyida rossiyaliklar 143 kv.km, fevralda 195 kv.km, yanvarda 326 kv.km, dekabrda 393 kv.km va noyabrda 730 kv.km maydonni egallagan.

ISW Britaniya harbiylari boshqa hisoblash usulini qo‘llayotgan bo‘lishi mumkin, deya taxmin qilmoqda.

Ukrainaning DeepState loyihasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya keng ko‘lamli bosqin boshlangandan beri Ukraina hududining 68,5 ming kvadrat kilometrini yoki 11,35 foizini bosib oldi. Ilgari bosib olingan Qrim hamda Donesk va Lugansk viloyatlarining bir qismi bilan birgalikda esa, Rossiya hozirda mamlakat hududining 18,6 foizini o‘z nazorati ostida saqlab turibdi.

Kiritildi: 14:22 07.04.2025. O'qildi: 833 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!