Bugun 8 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

“Barsa” mashhur futbolchisidan voz kechadigan bo‘ldi

“Barsa” mashhur futbolchisidan voz kechadigan bo‘ldi

“Barselona” rahbariyati jamoaning fransiyalik legioneri Jyul Kundening klubdan ketishiga to‘sqinlik qilmoqchi emas, aksinchi uning transferini qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘ng qanot himoyachisi faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirish imkoniyatini o‘rganib chiqyapti.

Bu haqda Topskills Sports UK nashri xabar bedi. Manbaga ko‘ra, “Barselona” fransuz futbolchisini yozgi transfer oynasida sotishga qaror qilgan.

Futbolchi uchun asosiy da’vogar Londonning “Chelsi” klubi bo‘lib turibdi. Londonliklar tajribali himoyachiga ega bo‘lish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqchi. Biroq APLning boshqa klublari ham Kunde atrofidagi vaziyatni kuzatib, transfer imkonyatini chamalab bormoqda.

Joriy mavsumda Kunde barcha musobaqalarda 41 ta o‘yin o‘tkazdi va himoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari, uchta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, 27 yoshli himoyachining bozor qiymati 65 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 23:56 07.04.2026. O'qildi: 380 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!