Xalqaro shaxmat federasiyasi (FIDE) prezidenti Arkadiy Dvorkovich rossiyalik shaxmatchilarning xalqaro musobaqalarga qaytishi mumkinligini aytdi.
"Boshidanoq ba’zi rossiyalik sportchilarga individual musobaqalarda qatnashishga ruxsat berildi. Ha, ramzlarsiz, lekin shunga qaramay barcha ishtirok etdi. Yaqinda yoshlar va Paralimpiya terma jamoalariga xalqaro musobaqalarda qatnashish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu birinchi qadam.
Biz XOQ tavsiyalariga amal qilamiz, chunki shaxmat Olimpiya harakati bilan bog‘liq. Aksariyat a’zo davlatlar uchun XOQning pozisiyasi hal qiluvchi va juda muhim rol o‘ynaydi. Busiz biz radikal harakatlar qila olmaymiz. Biz XOQdagi hamkasblarimiz bilan maslahatlashamiz. Hozircha ijobiy tendensiya bor, lekin yakuniy qaror yo‘q” - dedi Dvorkovich “Championat.som” ga bergan intervyusida.