O‘zbekistonda Rossiyaga ishlash uchun ketayotgan fuqarolar barcha zarur jarayonlarni bir joyda amalga oshirishi mumkin bo‘lgan kompleks markaz tashkil etish taklif qilindi.
Migrasiya agentligi ma’lum qilishicha, markazda fuqarolar:
➖ tibbiy ko‘rik va testdan o‘tadi;
➖ hujjatlarini tekshirtiradi;
➖ biometrik ma’lumot va barmoq izlarini topshiradi;
➖ zarur hujjatlarni O‘zbekistonning o‘zida rasmiylashtiradi.
Shuningdek, fuqarolar qaysi korxonada va qanday sharoitda ishlashini oldindan bilishi, aniq ish beruvchi buyurtmasi asosida qonuniy ravishda Rossiyaga ishga borishi ko‘zda tutilmoqda.
Rossiyada ishlash uchun zarur rus tili imtihonlarini Toshkentga kelmasdan topshirish imkoniyatini kengaytirish masalasi ham muhokama qilindi. Buning uchun 4 ta hududda zarur infratuzilma tayyorlangan.
📌 Loyiha hozircha taklif bosqichida.