Bugun 2 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Oq uy kelishuvida imlo xatosi aniqlandi

Oq uy kelishuvida imlo xatosi aniqlandi

Oq uy sun’iy intellekt bo‘yicha kelishuvni e’lon qildi. AQSh prezidenti Donald Tramp endi sun’iy intellektni «superintellekt» deb atayotganini ma’lum qildi. Kelishuvni u yirik texnologiya kompaniyalari rahbarlari bilan birgalikda imzoladi.

Biroq hujjatda e’tiborni tortgan imlo xatosi ham bor. Trampning imzosi ostida AQSh prezidenti lavozimi ingliz tilida «President of the Unites States» deb yozilgan. To‘g‘ri varianti esa «President of the United States» bo‘lishi kerak.

Bu xato, ayniqsa, sun’iy intellekt va «superintellekt» mavzusidagi hujjatda yo‘l qo‘yilgani sababli internet foydalanuvchilari orasida hazil va tanqidlarga sabab bo‘ldi. Foydalanuvchilardan biri Oq uyga bunday xatolarni aniqlash uchun sun’iy intellektdan foydalanishni tavsiya qildi.

«Oq uyning superintellekt bo‘yicha kelishuvi»ni Trampdan tashqari Google rahbari Sundar Pichay, Anthropic rahbari Dario Amodei, Meta rahbari Mark Sukerberg, OpenAI prezidenti Greg Brokman, xAI rahbari Ilon Mask va Nvidia rahbari Jensen Xuang ham imzolagan.

Ikki sahifalik hujjatda asosiy e’tibor sun’iy intellekt tizimlarining xavfsizligiga qaratilgan. Tramp kompaniyalarning ixtiyoriy o‘zini o‘zi nazorat qilishi hamda mustaqil tashkilotlar tomonidan qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Kiritildi: 16:55 01.10.2026. O'qildi: 890 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!