Bugun 1 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Rossiyadagi to‘rt farzandli o‘zbekistonlik ayolning muammosi hal etildi

Rossiyadagi to‘rt farzandli o‘zbekistonlik ayolning muammosi hal etildi

Rossiyaning Vladivostok va Xabarovsk shaharlarida og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan bir guruh O‘zbekiston fuqarolariga Vatanga qaytishda amaliy yordam ko‘rsatildi.

«Dunyo» axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, ularning O‘zbekistonga qaytishi bilan bog‘liq yo‘l xarajatlari Migrasiya agentligi jamg‘armasi hisobidan qoplangan.

Yordam ko‘rsatilganlar orasida Samarqand viloyatidan bo‘lgan, to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandi bilan Rossiyada qolib ketgan ayol ham bor.

Ma’lum qilinishicha, Rossiyada bo‘lish qoidalarini buzgani sababli sud uni deportasiya qilish va mamlakatdan chiqarib yuborilguniga qadar vaqtincha saqlash markaziga joylashtirish haqida qaror chiqargan.

O‘zbekiston Bosh konsulxonasining aralashuvi va amaliy ko‘magi natijasida ayol hamda uning farzandlari bilan bog‘liq masala ijobiy hal etilgan.

Kiritildi: Bugun 13:46. O'qildi: 208 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!