Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Rossiyada o‘zbekistonlik yigit polisiya bilan poyga uyushtirdi

Rossiyada o‘zbekistonlik yigit polisiya bilan poyga uyushtirdi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Viborg tumanida o‘zbekistonlik migrant polisiya bilan poyga uyushtirishga qaror qildi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.

20 yoshli O‘zbekiston fuqarosi yo‘l-patrul xizmati inspektorlarining avtomashinani tekshirish uchun to‘xtatish so‘roviga beparvo munosabatda bo‘lgan. Kia mashinasini boshqarayotgan o‘zbekistonlik yigit yo‘lovchi o‘rindig‘idagi 22 yoshli do‘sti bilan svetoforning taqiqlangan chirog‘ida harakatlangan.

Gavrilina ko‘chasida yigit boshqaruvni yo‘qotib, to‘xtab turgan Skoda mashinasiga borib urilgan. Shundan keyin migrantlar voqea joyidan qochishga uringan, biroq hibsga olingan.

Yigitlarga nisbatan inspektor buyrug‘iga asosan to‘xtamaslik, svetofordan o‘tish va tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortish bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar tuzilgan. Taxminlarga ko‘ra, mashinani boshqargan yigit spirtli ichimliklar yoki giyohvand moddalar ta’sirida bo‘lgan.

Kiritildi: 05:37 07.06.2023. O'qildi: 3426 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!