Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining Milliy tibbiy tadqiqot markazi (NMIS) saratonga qarshi birinchi mahalliy vaksinani sinovdan o‘tkazish uchun ishtirokchilarni jalb qilishni boshladi. Bu haqda "Agentstvo gorodskix novostey Moskva" nashri xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, ishtirok etish uchun faqat ilgari barcha mavjud yo‘nalishlar va terapiya usullarini tugatgan bemorlar tanlanadi. Nomzodlar 18 yoshdan 75 yoshgacha bo‘lishi kerak.
"EnteroMiks" inson uchun xavfsiz, ammo saraton hujayralarini yo‘q qilish qobiliyatiga ega.
U Rossiya SSV Radiologiya ilmiy izlanishlar tibbiy markazi tomonidan to‘rt turdagi virus asosida ishlab chiqilgan.