Perm aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan davlat aviasiyasi samolyoti bilan bog‘liq hodisadan so‘ng parvozlarni qabul qilish va jo‘natishni vaqtincha to‘xtatdi.
Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 14:30da sodir bo‘lgan.
Shu munosabat bilan ikkita reys muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi.
Aeroportning qachon ishlay boshlashi noma’lum.